Jahon | 07:51 / 26.01.2023
18925
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Rossiyaning Ukrainaga yangi zarbalari haqida xabar berdi

Dnipro, Xerson, shuningdek, Xarkiv va Zaporijjya viloyatlarida kuchli portlashlar sodir bo‘lgani haqida mahalliy Telegram-kanallar xabar bermoqda. 

Foto: Aleksandr Gusev/SOPA Images via ZUMA Press Wire/dpa/picture alliance

Ukrainaning 10 ta viloyati va annexia qilingan Qrimda havo ogohlantirish tizimi - trevoga e’lon qilindi.

Avvalroq, Mikolayiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Eronda ishlab chiqarilgan uch guruhli dronlar uchayotgani haqida xabar berib, Rossiya uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berishi haqida ogohlantirgan edi.

Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy yo‘nalishi qo‘mondonligi vakili Sergey Cherevatiy Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatining Baxmut tumanidagi Soledar shahridan olib chiqilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Soledar qo‘lga olinganini 13 yanvar kuni, «Vagner» XHK esa bundan ham oldinroq e’lon qilgan edi.

«Bir necha oylik shiddatli janglardan so‘ng, jumladan, so‘nggi haftalardagi, Ukraina qurolli kuchlari Soledarni tark etdi va shahar chekkasidagi oldindan tayyorlangan pozitsiyalarga chekindi», dedi Sergey Cherevatiy AFP agentligiga.

Mavzuga oid