Iqtisodiyot | 14:30 / 26.01.2023
15796
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar 2022 yilda elektromobillar importiga 69,8 mln dollar sarfladi

O‘zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

Foto: iStock

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

O‘zbekiston 2022 yilda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1 941 dona;
— BAA – 111 dona;
— Germaniya – 58 dona;
— Hongkong – 42 dona;
— Litva – 10 dona;
— Koreya – 7 dona;
— boshqa davlatlar – 11 dona.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid