Sport | 16:56 / 27.01.2023
33444
2 daqiqa o‘qiladi

“Fatih”ni fath etgan Otabek yoxud Turkiya Superligasidagi ilk o‘zbek

O‘zbekistonlik futbolchilar xorij klublarida o‘ynashi noodatiy hol emas. Sara futbolchilarimiz bizni bunga ko‘niktirib qo‘yishdi. Kimdir Italiyada o‘ynayapti, ba’zilari Rossiyada gollar uryapti, yana boshqasi Ronaldu bilan jamoadosh, Janubi-sharqiy Osiyodagilarning-ku sanog‘i ancha. Legionerlarimiz orasida ayrimlari o‘zi borgan chempionatda O‘zbekiston va o‘zbek futbolchilari uchun Kolumb yoki Magellan kabi: ilk bor ishtirok etib, kashshof vazifasini bajarmoqdalar. Aynan shundaylardan biri Otabek Shukurov.

Otabek Turkiya Superligasidagi ilk futbolchimiz. Birinchi gol urgan o‘zbek va o‘z klubi tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega futbolchimiz. Buning sababi oddiy - mehnat va kamtarlik. Vatandoshimiz italiyalik maestro Andrea Pirloning ishonchini qozondi va jamoa markazidagi asosiy futbolchiga aylana oldi. 

Otabek Turkiya superligasidagi ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lgani uchun u haqda kichik ko‘rsatuv tayyorlash fikri tug‘ildi. O‘yinlari va gollarini-ku imkon qadar ko‘rib, bilib, eshitib yuribmiz, xo‘sh, yaqinroq ham bilsak qalay bo‘larkin? Bu fikr bizni Istanbulga yetakladi. Ushbu ko‘rsatuvni biz shartli ravishda "Otabek Shukurovning bir kuni", deb nomladik.

Mavzuga oid