SportItalia xabariga köra, Turkiyaning «Fotih Karagyumruk» klubi a’zosi Otabek Şukurovga Italiyaning «Jyenoa» klubi qiziqiş bildirmoqda.

Alberto Jilardino murabbiyligidagi Genuya klubi ötgan mavsum yakunlariga köra A Seriyaga qaytgaç, tarkibini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston milliy jamoasining 27 yoşli yarimhimoyaçisiga qiziqmoqda. Şukurov ötgan mavsum Turkiya Superligasida 28 öyinda maydonga tuşib, gol va assist qayd etgan. 

Eslatib ötamiz, 2020/21 yilgi mavsumda Eldor Şomurodov «Jyenoa» safida muvaffaqiyatli öyin namoyiş etgandi.