Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil elchisi: Kiyevga ma’lum bo‘lganidan ko‘proq yordam beryapmiz
Isroilning Germaniyadagi elchisiga ko‘ra, uning mamlakati Rossiya bilan urushda Ukrainaga oshkor bo‘lmagan tarzda yordam beryapti. Rasmiy darajada Isroil Kiyevga qurol yetkazib berishni qat’iyan rad etadi.
Foto: DW
Isroil Rossiyaga qarshi urushda Ukrainani jamoatchilik bilganidan ko‘ra kengroq miqyosda qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Isroilning Germaniyadagi elchisi Ron Prosor 28 yanvar, shanba kuni chop etilgan Funke Mediengruppe nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Isroil Ukrainaga yordam bermoqda, «lekin parda ortida va ma’lum bo‘lganidan ham ko‘proq», dedi diplomat.
U ushbu masala bo‘yicha o‘z mamlakati tutgan vazmin pozitsiyani tushunishga chaqirdi. «Suriyada rossiyaliklar bor. Ma’lumki, Isroil armiyasi Erondan Suriya va Livanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni muntazam ravishda to‘xtatib qoladi. Ular orasida Eronning uchuvchisiz uchoqlari va Rossiya Ukrainada qo‘llayotgan raketalari ham bor», — dedi Prosor.
Isroil jim harakat qilishga majbur bo‘layotgan ikkinchi holatga to‘xtalib, u Rossiyada katta yahudiylar jamoasining mavjudligini aytdi.
Isroil rasmiylari Rossiyaning Ukrainadagi urushini bir necha bor va so‘zsiz qoralagan, 19 yanvar kuni yangi tashqi ishlar vaziri Eli Koen Kiyevni gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishiga ishontirgan edi. Ammo, umuman olganda, Isroil hali ham vazmin pozitsiyani egallab, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni qat’iyan rad etyapti, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
09:11 / 14.01.2026
Kiyevda vaziyat og‘ir: 500 ko‘p qavatli uy isitishsiz qoldi
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
21:29 / 09.01.2026