Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: Rossiya 24 fevralga yangi hujum to‘lqiniga tayyorlanmoqda
Rossiya 24 fevralgacha Ukrainada yangi hujum to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb ma’lum qildi mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov.
Foto: SPUTNIK via REUTERS
«Hozirda ular «sovet» odamlari ekanligini hisobga olib, maksimal faollashishga tayyorlanmoqda va ular bir yillik sanaga qadar qandaydir yutuqlarga ega bo‘lishlari kerak, deb hisoblashmoqda. Hech kimga sir emaski, ular 24 fevralgacha yangi to‘lqinga tayyorgarlik ko‘rmoqda, o‘zlari shunday gapiryapti. Qaysi uchastkalarda nimadir qilishni istashayotganini tushunish bor», dedi Danilov «Radio Svoboda» efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari bir haftadan beri Zaporijjya yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyatini o‘rganmoqda.
«Hozir esa qo‘shinlarning ma’lum bir to‘planishi mavjud. Biz buni bilamiz, bu borada Rossiyada nima bo‘layotganini tushunamiz», - deya qo‘shimcha qildi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi.
Shu bilan birga, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonish imkoniyati nolga teng ekanligini allaqachon tushunib turibdi, dedi Oleksiy Danilov.
Avvalroq Bloomberg agentligi Kremldagi manbalarga tayanib, Vladimir Putin Ukrainada fevral-mart oylaridayoq boshlanishi mumkin bo‘lgan yangi keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.
Putin Rossiya armiyasi bir necha oylik muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng tashabbusni qaytarib olishi hamda Kiyev va uning ittifoqchilariga Rossiyaga bosib olingan hududlar ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradigan qandaydir sulhga rozi bo‘lishlari uchun bosim o‘tkazishi mumkinligini namoyish qilmoqchi, deydi agentlik suhbatdoshlari.
Mavzuga oid
14:01 / 17.12.2025
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
12:08 / 17.12.2025
Berlin va London Kiyevga havo mudofaasini kuchaytirishda yordam va’da qildi
17:55 / 16.12.2025
Ukrainada sulh va saylov ehtimoli ortmoqda - siyosatshunoslar
14:44 / 16.12.2025