Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moravetskiy: Polsha F-16 qiruvchilarini Kiyevga topshirishga tayyor
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash haqidagi bayonotini tasdiqladi.
Mateush Moravetskiy
Polsha ushbu texnikani Ukrainaga topshirishga tayyor, ammo bu faqat NATO bilan «to‘liq muvofiqlashtirilgan holda» amalga oshirilishi mumkin, dedi Moravetskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Polsha yalpi ichki mahsulotining 4 foizini mudofaaga sarflash niyatida, o‘tgan yili bu xarajatlar 2,42 foiz edi.
«Ehtimol, bu NATOning barcha davlatlari orasida armiyaga ajratilgan mablag‘larning eng yuqori foizi bo‘ladi», — deb ta’kidlab o‘tdi u.
Rossiyaning Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlari fonida Polshada fuqarolarning armiyada xizmat qilishga qiziqishi ortdi. 2022 yilda mamlakat Qurolli kuchlari 13 742 nafar yangi xizmatchini yollash imkoniyatiga ega bo‘ldi - bu 2008 yilda Polshada majburiy harbiy xizmat bekor qilinganidan beri rekord ko‘rsatkichdir.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil boshida Polsha Qurolli kuchlarida 164 ming askar, shu jumladan 36 ming ko‘ngilli hududiy mudofaa bo‘linmalari a’zolari bor.
Mavzuga oid
11:38 / 31.12.2025
Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
14:15 / 30.12.2025
Polshada Belarusdan meteozondlar orqali kiritilgan kontrabanda topildi
09:54 / 30.12.2025
Polshada mushkul ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
11:21 / 24.12.2025