O‘zbekiston | 14:04 / 01.02.2023
18661
1 daqiqa o‘qiladi

Orol dengizi qurigan tubida o‘rmonzorlashtirishning navbatdagi mavsumi boshlandi

Orol qurigan dengiz tubida cho‘l o‘simliklarini yetishtirish uchun navbatdagi mavsum boshlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, o‘rmonzorlashtirish qurigan dengiz qismidan zararli tuz va changlarning ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Orol dengizi qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa cho‘l o‘simliklaridan iborat o‘rmon barpo etildi. 

Orolqumda 2023 yil davomida yana 100 ming gektar maydonda o‘rmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mavsum ochilish marosimida favqulodda vaziyatlar vaziri, Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Ekologik partiya raisi va boshqalar ishtirok etdi. 

Orol qurigan tubidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunxon Xudayberganov tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid