Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya texnologiyalari asosida yangi baliq turlari ko‘paytiriladi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Koreya Respublikasi Okeanlar va baliqchilik vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Yu In Von bilan uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv davomida Koreya Respublikasining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi hamda GWNU bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan «O‘zbekistonda akvamadaniyat sohasini texnik qo‘llab-quvvatlash» loyihasi muhokama qilindi.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda akvamadaniyat sohasini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida yetishtirish, ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda mahalliy iste’molchilarni sifatli dengiz mahsulotlari bilan ta’minlash va ushbu mahsulot eksport hajmlarini oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Loyiha konsepsiyasiga asosan, u 2024-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yu In Von vazirlikka taqdim etilgan tegishli hujjatlar o‘rganib chiqilayotganini ta’kidlab, loyihani qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ijobiy fikr bildirdi.
GWNU professori Kim Ok Sik joriy yil fevral oyida O‘zbekistonning ushbu soha mutaxassislarini malaka oshirish kurslariga hamda Janubiy Koreya baliqchilik sanoatidagi yuqori tajriba va ilg‘or texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Koreyaga amaliy safarini tashkil etish kutilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
20:00 / 14.03.2026