Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga taklif qilinmadi
Forum tashkilotchilari Rossiya vakillariga tashviqot maydonchasi berishni istamadi. Konferensiyaga uning o‘rniga muxolifatchilar Garri Kasparov va Mixail Xodorkovskiy taklif qilindi.
Bu yil Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasiga Rossiya hukumati vakillari taklif qilinmayapti, deb ma’lumot berdi konferensiya raisi Kristof Xoysgen 1 fevral, chorshanba kuni MDR telekanaliga bergan intervyusida. U buni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning targ‘iboti uchun xavfsizlik masalalari bo‘yicha nufuzli xalqaro forumda platforma taqdim etishni istamasligi bilan izohladi.
«Kremldan biz har kuni eshitayotgan bayonotlar Rossiya Putin urush maqsadi deb e’lon qilgan narsadan, ya’ni Ukrainani yo‘q qilishdan bir zarra ham chekinadi, degan xulosaga kelishimizga imkon bermaydi», deb tushuntirdi Xoysgen. Unga ko‘ra, hukumat amaldorlari o‘rniga Rossiyadan fuqarolik jamiyati va muxolifat vakillari, jumladan shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparov va oligarx Mixail Xodorkovskiy taklif qilingan.
Avvalroq sobiq kansler Angela Merkelning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan Xoysgen Germaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini himoya qilyapti.
«Putin oxir-oqibat sovet ittifoqini qayta tiklashni xohlashini aniq aytdi. Agar Rossiya prezidenti Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, u Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ham bostirib kiradi. Bu davlatlar NATOga a’zo bo‘lgani uchun Germaniyaga, ittifoqchilik majburiyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Buning oldini olish kerak, shuning uchun Ukrainaga yordam berish kerak», dedi Kristof Xoysgen.
Xalqaro Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 17 fevral kuni ochiladi.
Mavzuga oid
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
12:17 / 18.02.2026
«Eronda kim rahbar bo‘lishini xalq belgilasin» – Rizo Pahlaviy
00:13 / 15.02.2026
FT: Rubio Myunxen konferensiyasidagi nutqida Rossiya va Ukrainani bir marta ham tilga olmadi
23:35 / 14.02.2026