«Rossiya o‘z chegaralari qayerdan o‘tishini bilishi kerak» - Gruziya prezidenti
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy sulh kelishuviga o‘z mamlakati bilan bog‘liq holatni ham kiritishni taklif etdi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini yakunlangach tuzilishi mumkin bo‘lgan kelishuvda Rossiya qo‘shinlari Abxaziya va Janubiy Osetiyadan olib chiqilishi bo‘yicha band bo‘lishi kerak. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Bloomberg bilan suhbatda Rossiya Federatsiyasi bilan urushda g‘alaba qozonishi masalasi Abxaziya va Janubiy Osetiyaning taqdiriga ta’sir qilishini aytdi.
«Rossiya o‘z chegaralari qayerdaligini tushunishi kerak. Gruziya masalasi ham muzokaralar stolida bo‘lishi kerak. Chunki hech kim bu urushni Rossiya mintaqadagi barcha bosib olingan hududlardan chekinmasdan turib hal qilish mumkin deb o‘ylamasligi kerak», — degan Zurabishvili.
Jumladan, u Rossiyaning Gruziya hududlarini bosib olishdan bosh tortganini yozma ravishda qayd etishni so‘radi.
Zurabishvili xonimning fikricha, aks holda G‘arb 2008 va 2014 yillarda bo‘lgani kabi «yana bir katta xatoga yo‘l qo‘yadi».
Gruziya prezidentining ishonch bilan aytishicha, Rossiya amalda «butun urushni bo‘lmasa ham, jangni yutqazib bo‘lgan».
- Gruziyaning jami hududining 20 foizini tashkil qilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya 1990-yillarda, SSSR parchalanishi fonida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan; shundan buyon Gruziya amalda bu hududlarni nazorat qilmaydi.
- 2008 yilda Gruziya va Rossiya o‘rtasidagi besh kunlik urushdan keyin Moskva o‘zini mustaqil deb e’lon bu respublikalar mustaqilligini rasman tan oladi. Jahon hamjamiyati bunga qo‘shilmaydi — Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini shu vaqtgacha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlardan faqat to‘rttasi tan olgan.
- Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiyani o‘zining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari deb hisoblaydi. RF hukumati bu hududlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyati haqida rasman ma’lum qilmagan. Lekin amalda bu respublikalar to‘liq Moskva nazoratida.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024