O‘zbekiston | 10:38 / 01.02.2023
8798
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Captiva yonib ketdi
Shayxontohur tumanida Captiva avtomobili yonib ketdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KHAY ko‘chasi, 5-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro A.B.ga tegishli Captiva rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
19:16 / 20.10.2024
Toshkentdagi bir nechta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
18:35 / 16.10.2024
Toshkentdagi Miran mehmonxonasi hududida yong‘in chiqdi
19:05 / 14.10.2024
Sobiq IIB xodimi umrbodga hukm qilindi. U uch kishini o‘ldirgan
17:28 / 13.10.2024