Andijonlik Muxtasar: “Men uchun juda quvonchli kun bo‘ldi”
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun vodiy viloyatlariga tashrifini boshladi. Safarning ilk kunida davlat rahbari Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Davlat rahbari tikuvchilik korxonasiga tashrifi chog‘ida u yerda ishlayotgan yoshlar bilan ham muloqot qildi. Prezident bilan suhbatlashgan qizlardan biri Muxtasar Adhamjonova Kun.uz’ga bergan intervyusida bugungi kundan juda hayajonda ekanini bildirdi.
– Men Adhamjonova Muxtasar Ahadjon qizi, Bo‘ston tumani kasb-hunar maktabi 2-kurs o‘quvchisiman. Tikuvchi yo‘nalishida ta’lim olaman va amaliyotni ham o‘z sohamda olib boraman. Korxonamizga davlat rahbari tashrif buyurishini eshitib juda hayajonlandik. Lekin prezidentimiz shaxsan men bilan bevosita uchrashishi va suhbatlashishini hecham o‘ylamagandim. Bugun men uchun juda quvonchli kun bo‘ldi.
– Davlat rahbari bilan muloqotingiz chog‘ida nimalarni gaplashdingizlar?
– Prezidentimizda yoshlarni ruhlantirishga, innovatsion g‘oyalarga undashga, kelajakka intilishni rag‘batlantirishga juda kuchli ishtiyoq sezdim. Qisqa muddat gaplashgan bo‘lsak ham har bir so‘zlarining ma’nosini asta-sekin anglab yetyapman. Davlat rahbariga hokimligimiz tomonidan tashkil etilgan “Ta’lim va amaliyot bir makonda” dasturi haqida so‘zlab berdim. Prezidentimiz bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.
– Atrofingizdagi dugonalaringiz sizga havas qilishgandir?
– Nimasini aytasiz. Prezidentimiz ketganlaridan keyin hamma atrofimni o‘rab oldi va rosa savolga tutishdi. Haligacha telefonlar tinmayapti. Lekin davlatimiz rahbari vaqt tig‘izligini aytib, boshqa hamkasblarimizga ham salom yo‘llab ketdilar. Umuman, hammamiz uchun bu uchrashuv nihoyatda katta xursandchilik bo‘ldi.
Abror Zohidov suhbatlashdi.
Mavzuga oid
14:00 / 29.01.2024
Prezident xorijda YTH qurboniga aylanayotgan migrantlar masalasiga to‘xtaldi
13:17 / 29.01.2024
Tajriba tariqasida 5 ta shaharda suv ta’minotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi
20:35 / 26.01.2024
Ta’lim sohasida islohotlarni yagona konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil qilinadi
18:48 / 25.01.2024