O‘zbekiston | 11:33 / 02.02.2023
5794
1 daqiqa o‘qiladi

Jazeera Airways Al-Kuvayt va Samarqandni havo orqali bog‘laydi

Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Kuvayt va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda. 

Foto: Jazeera Airways

Al-Kuvayt — Samarqand — Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023 yilning 15 fevraliga mo‘ljallangan.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Al-Kuvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways Kuvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, qarorgohi xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid