O‘zbekiston | 12:39 / 03.02.2023
7969
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg'da O‘zbekiston haqidagi kontentni targ‘ib qilish rejalashtirilyapti

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Bloomberg tahririyati rahbari Mark Saputo hamda Amerika mediaxoldingi ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Tomonlar O‘zbekistonning savdo-investitsiya imkoniyatlari va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish, mahalliy mediakompaniyalar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda mediaxolding kontent resurslaridan foydalanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Mark Saputo mediaxolding multimedia platformalari, televideniye, radio, raqamli va bosma ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston haqidagi kontentni targ‘ib qilish uchun Bloomberg innovatsiya imkoniyatlaridan foydalanishga tayyor ekanini ta’kidladi. Amerika tomoni O‘zbekistonning biznes imkoniyatlari va sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishga tayyorligini bildirdi. Bloomberg'ning ko‘p millionli auditoriyasi uchun noyob media-kontent yaratish maqsadida O‘zbekistonga borish yuzasidan ham qiziqish bildirildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangani holda doimiy hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid