Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida chorva mollarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Jinoiy guruh a’zolari 2 xonadondagi chorvani o‘g‘irlab ketgani aniqlandi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati hududida aholining mol va qo‘ylarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
«Yuqori Chirchiq tumani, Fayzobod mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qo‘y noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgandi. Oradan 4 kun o‘tib, ushbu mahallaning Qaytmas ko‘chasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq o‘g‘irlandi. Hududda o‘tkazilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatlarni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxs sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlandi», deyiladi xabarda.
Dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat bo‘yicha fuqaroga yetkazilgan 15 mln so‘m moddiy zarar undirib berilgan. Ikkinchi holatda o‘g‘irlangan 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
09:20 / 02.02.2026
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
08:36 / 30.01.2026