O‘zbekiston | 14:21 / 04.02.2023
5277
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi: O‘zbekiston qonunchiligi JST bitimlariga uyg‘unlashtirilyapti

O‘zbekiston Adliya vazirligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bitimlari bo‘yicha xalqaro ekspert M.Bordalba bilan milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish masalasi O‘zbekistonni JSTga qo‘shilishi jarayonidagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekani bois, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Adliya vazirligi rahbarligida Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etilgani va amaldagi qonunchilik hujjatlari JST bitimlariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazilib, tahlil qilingan holda ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro ekspert O‘zbekiston rahbariyati tomonidan JSTga qo‘shilish bo‘yicha, xususan milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholandi. Ishchi guruh a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid