O‘zbekiston | 11:26 / 06.02.2023
4216
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi obektlarga quyosh panellari o‘rnatadi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotam Shokirov, hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonov EDF kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Emmanuel Chevennement, EDF biznes bo‘yicha katta menejyeri Anna Sharayeva va O‘zbekistondagi bosh direktori Per Pol Antenisens bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Uchrashuvda muqobil energiya manbalaridan foydalanish, poytaxtdagi qator obektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Loyiha, nafaqat shahar, balki mamlakat uchun istiqbolli hisoblanadi va uning amalga oshirilishi natijasida elektr energiyasi sarfi sezilarli kamayadi. Obektlarga o‘rnatilgan quyosh panellari ularning o‘z iste’molidan tashqari qo‘shimcha binolar va aholiga yo‘naltirilishi mumkin.

Fransiya tomoni ma’lum qilishicha, bugungi kunda loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda. Bu uzoq muddatli, keng ko‘lamli loyihani birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar ko‘rib chiqilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid