Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Ular Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga ko‘p miqdordagi mablag‘larni qo‘lga kiritgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Nurobod tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
Jumladan, G‘.E. va E.N. 15 nafar fuqaroni aldab, ularni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming dollar va 81 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
G‘olat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:00
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026