Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FVV Turkiyada 9 kishini qutqardi
Turkiyada zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘tgan vaqt ichida vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan.
O‘zbekiston FVV bo‘linmalari xodimlari Turkiyadagi halokat o‘choqlarida ish olib bormoqda.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 8 fevral tonggiga kelib vayronalar ostidan 9 kishini omon olib chiqqan. «Yangiliklar 24» ko‘rsatuvi reportajida aytilishicha, qutqarilganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Shuningdek, vayronalar orasidan 12 kishining jasadi topilgan.
«8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
Bundan oldinroq, O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Turkiyada bedarak yo‘qolgan 13 nafar o‘zbekistonlikni qidirayotgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila oqibatida vafot etganlar soni 6234 nafarga yetgan. Suriyada esa hozirgacha 2 mingga yaqin kishi o‘limi tasdiqlangan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026