Jahon | 15:20 / 09.02.2023
23746
7 daqiqa o‘qiladi

Baxmutdagi janglar va yerto‘lada yashayotgan donbassliklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 350-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi. Bu yerda u bosh vazir Rishi Sunak hamda qirol Charlz III bilan uchrashdi, shuningdek Britaniya parlamentida nutq so‘zladi. Rishi Sunak Kiyevga harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga va’da qildi. Jumladan, Challenger 2 tanklari Ukrainaga mart oyidayoq yetib borishi ma’lum qilindi.
  • Buyuk Britaniyaga tashrifidan keyin Ukraina prezidenti Parijga kelib, bu yerda fransuzlar prezidenti Emmanuel Makron hamda Berlindan uchib kelgan Germaniya kansleri Olaf  Shols bilan uchrashdi.
  • Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Ro‘yxatga Putinning kichik qizi ekani aytiladigan Svetlana Krivonogixning onasi hamda Rossiya prezidentining «raqamli kooperativi» ham o‘rin olgan.
  • Ukraina urush boshlangach Rossiyaga majburan olib ketilgan sakkiz mingdan oshiq boladan 128 nafarini qaytardi.
  • Rossiya koloniyalarida «Vagner» xususiy harbiy kompaniya safiga yollanib, Ukrainadagi urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga yangi jinoiy ishlar ochish bilan tahdid qilinmoqda. Shuningdek tergov izolyatorlarida hibsga olinganlarni ham urushga yuborishga harakat qilishmoqda — buning evaziga ularga jinoiy ishlarni yopish va’da qilinmoqda. Shu bilan birga Yevgeniy Prigojin xususiy harbiy kompaniya mahbuslarni urushga jalb etishni to‘xtatgani haqida ma’lum qildi.
  • Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatishda ayblanib, tergov izolyatorida saqlanayotgan Vladimir Kara-Murzaning hibsdagi muddati 12 martga qadar uzaytirildi.

Baxmut janglar vaqtida

Ukrainalik harbiylar 2022 yil iyulidan buyon Baxmutni mudofaa qilishmoqda. Volodimir Zelenskiy fransuzlarning Le Figaro nashriga bergan intervyusida, Ukraina qurolli kuchlari G‘arbdagi ittifoqchilardan qurollar kelmaguncha «dosh berib turishi kerakligi»ni aytdi. Ukraina prezidenti Baxmut katta strategik ahamiyatga ega emasligi, 2023 yil fevraliga kelib Rossiya qo‘shini shaharni to‘liq vayron etganini qo‘shimcha qildi. «Ammo agar ular Baxmutni olishsa, yana oldinga yurishni istashadi. Bu ularga ustunlik beradi. Masala shundaki, Baxmutdan keyin nima bo‘ladi», — deya qayd etgan Zelenskiy.

Baxmut atrofidagi dala maydonida snaryadlardan qolgan o‘ralar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut ko‘chalaridan birida ukrainlar harbiy texnikasi
Yevhen Titov / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi vayron bo‘lgan binolardan birining ko‘rinishi
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut ko‘chalaridan birida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Avdiyivkadagi hayot

Avdiyivka shahri Donetsk oblastining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, istilo ostidagi Donetsk bilan qo‘shni shahar hisoblanadi. Bu shahar Ukraina armiyasi nazoratida qolgan. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabidan ma’lum qilishlaricha, Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda va Avdiyivka yo‘nalishida hujumga o‘tishga tayyorlanmoqda. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, shahar «amalda yer bilan yakson qilingan», ammo «to‘qqizinchi oydirki Ukraina qo‘shinlarining Donetsk oblastidagi qal’asi» bo‘lib qolmoqda.

Avdiyivkada vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
35 yoshli Oleksandr Lugovskix o‘z kvartirasida suv isitmoqda. Lugovskix oilasi Avdiyivkani tark etganidan buyon mushugi Tuzik bilan yolg‘iz yashaydi. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
71 yoshli Lyubov Stepanova ko‘p qavatli uy yerto‘lasidagi pechka oldida isinmoqda, u bu yerda 20 ga yaqin kishi bilan birga yashaydi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Avdiyivkalik keksa yoshli kishilar yerto‘lada
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda Chkalovning haykali buzib tashlanishi 

8 fevral kuni Kiyevda sovet uchuvchisi Valeriy Chkalovga qo‘yilgan haykal demontaj qilindi. Uni A. K. Antonov nomidagi Ukraina aviatsiya muzeyiga olib ketishgan. Ukrainaga bosqin boshlangach, inqilobgacha bo‘lgan davrdagi Rossiya va SSSR davri arboblarining yodgorliklarini yoppasiga olib tashlash jarayoni boshlandi. 2022 yil davomida Aleksandr Pushkinning qariyb 30 ta haykali, shuningdek Yekaterina II va Aleksandru Suvorov, Georgiy Jukov hamda sovet askarlarining 20 ga yaqin yodgorliklari demontaj qilingan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Mariupoldagi rossiyalik sapyorlar 

Mariupoldagi «Azovmash» mashinasozlik zavodining bugungi ko‘rinishi. Shahar uchun janglar keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida boshlanib, 2022 yil may oyi oxiriga qadar davom etgandi. Ukraina rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Mariupoldagi binolarning 90 foizi amalda to‘liq vayron bo‘lgan. Bosib olingan shaharga olib kelingan rossiyalik quruvchilar ularning o‘rnida bir qancha yangi uylar qurishgan.
Vladimir Gerdo / TASS
RF qurolli kuchlari muhandis-sapyor bo‘linmalari harbiy xizmatchilari «Azovmash» zavodi hududida. Mariupolda sapyorlar ishlashi davom etmoqda. Xususan, Mariupoldagi boshqa bir kombinat — Ilich zavodini minalardan tozalash ishlariga ikki oy vaqt ketgandi.
Vladimir Gerdo / TASS
«Azovmash» zavodining vayron bo‘lgan binosi
Vladimir Gerdo / TASS
«Azovmash» hududida ishlayotgan sapyor
Vladimir Gerdo / TASS
«Azovmash» zavodi hududini minalardan tozalash jarayonidagi portlash
Vladimir Gerdo / TASS
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid