Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya turizm sohasida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi
Malayziyaning UCSI universiteti hamda Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti vakillari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
UCSI ikki tomonlama diplom berish, doktorantura dasturlari va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlari hamda akademik standartlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar malayziyalik mutaxassislarni ma’ruzalar, seminarlar va vebinarlar tashkil etish uchun Samarqandga "mehmon professor" sifatida jalb etish, Kuala-Lumpur va Saravak shtatidagi kampuslarda o‘zbekistonlik talabalar uchun "yozgi maktablar" o‘tkazishga kelishib oldi.
1986 yilda tashkil etilgan UCSI universiteti Malayziyadagi yetakchi va eng yirik xususiy oliy bilim yurtlaridan biri bo‘lib, QS Rankings 2023 ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yaxshi 300 ta universitet qatoriga kiradi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026