Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘z samolyotida yuz bergan favqulodda vaziyat haqida gapirdi
Rossiya prezidenti samolyot dvigateliga qush urilgani, shundan so‘ng u to‘xtab qolgani haqida aytdi.
Foto: kremlin.ru
Vladimir Putin aviatsiya sohasi vakillari bilan uchrashuvda prezident samolyotining ikki dvigatelidan biriga parvoz vaqtida qush urilganini aytib berdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.
«Qush urildi va bitta dvigatel o‘chib qoldi. Men kema komandiridan «Nima qilamiz?» deb so‘radim. U esa: «Amallaymiz», dedi. «Balki orqaga qaytib, yerga qo‘narmiz?» dedim. Oxir-oqibat, oraliq aerodromga qo‘ndik», dedi Putin.
Putin bu holat bir necha bor sodir bo‘lganini va har doim xavfsizlikni tanlash kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, u vertolyot uchuvchisi quyuq tuman tufayli parvoz qilishni rad etganini aytdi. «Men kema komandiriman va qarorni o‘zim qabul qilaman. Men uchmayman», deganini esladi prezident.
«Sizlarning qo‘lingizda nafaqat o‘z hayotingiz, balki o‘nlab odamlar hayoti turadi», dedi Putin aviatsiya sohasi vakillariga.
Mavzuga oid
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
03:55 / 18.01.2026
YeI Eron ustidan parvoz qilish xavfi haqida ogohlantirdi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026