Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 ta avtobus va 10 ta yo‘nalishli taksi bekatlari Qo‘yliq bozoridan Food city savdo majmuasigacha uzaytiriladi
Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi tirbandliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi tirbandliklarning oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘lo‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 10 fevraldan boshlab, bir qancha avtobus va yo‘nalishli taksilarning qatnovi uzaytiriladi.
Jumladan, Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39-, 45-, 110-, 122-, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M yo‘nalishli taksilar harakati Food City savdo majmuasi avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.
Bundan tashqari, Food City savdo majmuasi ma’muriyati tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, Food City - Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida harakatlanuvchi 6 ta jadval asosida bepul avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
08:49 / 04.06.2026