Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Niderlandiya Haagada siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa bo‘yicha direktori Erik Vesstrayete bilan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish, ta’lim muassasalari o‘rtasida seminarlar va boshqa tadbirlar uyushtirish orqali o‘zaro munosabatlarni faollashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Yevropa Ittifoqi va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilda Haaga shahrida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va aloqalarni yuqori darajada faollashtirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026