O‘zbekiston | 15:36 / 11.02.2023
14844
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshida ham Turkiya uchun yordam yig‘ilmoqda

Turkiyada sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan qardosh millat vakillariga O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yordam yuklari yig‘ildi. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham turk xalqiga insonparvarlik yordami to‘planmoqda.

Ushbu tashabbusga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi bosh bo‘lmoqda. Shuningdek, O‘zbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuborish rejalashtirilgan.

Qarshidagi yordam markazida asosan qishki kiyimlar, quruq oziq-ovqat mahsulotlari hamda konservalar, chodir, yotoq buyumlari, yopinchiqlar, generator, chiroq va isitgich pechlari kabi zaruriy jihozlar voha ahli tomonidan taqdim etilmoqda.

Humanitar yordam har kuni, soat 09:00 dan 20:00 ga qadar Qarshi shahridagi Savdo-sanoat palatasi binosida (eski mebelllar uyi) qabul qilinyapti. Yig‘ilgan mahsulotlar 11 fevral kuni Toshkent shahriga, u yerdan esa Turkiyaga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid