Turkiyada sodir bölgan zilziladan jabr körgan qardoş millat vakillariga Özbekistonning köplab hududlarida yordam yuklari yiğildi. Xususan, Qaşqadaryo viloyatida ham turk xalqiga insonparvarlik yordami töplanmoqda.

Uşbu taşabbusga Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Yoşlar – kelajagimiz” jamğarmasi boş bölmoqda. Şuningdek, Özbekistondagi ikki davlat işbilarmonlari UTID, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuboriş rejalaştirilgan.

Qarşidagi yordam markazida asosan qişki kiyimlar, quruq oziq-ovqat mahsulotlari hamda konservalar, çodir, yotoq buyumlari, yopinçiqlar, generator, çiroq va isitgiç peçlari kabi zaruriy jihozlar voha ahli tomonidan taqdim etilmoqda.

Humanitar yordam har kuni, soat 09:00 dan 20:00 ga qadar Qarşi şahridagi Savdo-sanoat palatasi binosida (eski mebelllar uyi) qabul qilinyapti. Yiğilgan mahsulotlar 11 fevral kuni Toşkent şahriga, u yerdan esa Turkiyaga jönatilişi közda tutilgan.