Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kamikadze dronlar bilan yana Ukrainaga hujum qildi
11 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududi bo‘ylab uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirdi, Zaporijjya, Mikolayiv va Kiyev viloyatlarida havo trevogasi rejimi e’lon qilindi.
Dnipropetrovsk va Odessa viloyatlaridagi guvohlar havoda portlashlarni qayd etishdi, ehtimol bu havo hujumidan mudofaa tizimi ishlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dnipropetrovsk viloyatining Krivorojsk tumanida dronlardan biri muhim infratuzilma obektiga urilgan, deb xabar qilmoqda "Yug" operativ qo‘mondonligi.
Odessa viloyati harbiy ma’muriyati mintaqada infratuzilma obektlariga qaratilgan kamida to‘rtta "Shahed" kamikadze dronlari urib tushirilgani haqida xabar berdi.
10 fevral kuni Rossiya yana Ukrainaga dronlar bilan hujum qilgandi.
Ukrainaning bir qator viloyatlarida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchuvchisiz uchoqlar uchirilishi munosabati bilan havo ogohlantirish rejimi ishga tushirildi.
Dnipropetrovsk viloyati aholisi mahalliy viloyat harbiy ma’muriyati tomonidan hujum haqida ogohlantirildi, Mikolayiv viloyatida kamida bitta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi, deb xabar berdi viloyat politsiya boshqarmasi boshlig‘i Sergey Shayxet.
Mavzuga oid
16:13
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026