Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilyapti
O‘zbekistonda yangi hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududida bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, 16-17 fevralda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
14-16 fevralda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Ushbu haftaning harorat foni fevral oyining o‘rtasi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorga yaqin bo‘ladi. Kechalari havo harorati 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari asosan 6-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida haftaning birinchi yarmida kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, ikkinchi yarmida esa kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14, 15 va 17 fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, 16 fevralda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:20 / 22.01.2026
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026