Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 15 fevral, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja iliq, kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja sovuq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +6...+11 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.