Jahon | 11:11 / 14.02.2023
8263
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi rasmiysi: Sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri cheklangan

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari Kremlga qarshi sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyoti va Yevropa Ittifoqidagi vaziyatga ta’sirini muhokama qiladi. Rossiya iqtisodi Bryusselda kutilganidan yaxshiroq ishlamoqda, dedi Yevropa Ittifoqi rasmiysi.

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan to‘qqizta sanksiya paketidan so‘ng, Rossiya iqtisodiyoti Bryusselda kutilganidan ham yaxshiroq ishlamoqda. Bu haqda DW nashriga YeIning yuqori martabali amaldori 13 fevral, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining iqtisodiy va moliyaviy kengashi yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. «Rossiya iqtisodiyotiga sanksiyalarning ta’siri cheklangan, - dedi u. - Ammo nafaqat yalpi ichki mahsulotga, balki umuman iqtisodiyotdagi kamchiliklarga ham e’tibor qaratish kerak, bu ancha muhimroq bo‘ladi».

14 fevral kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan agressiyasining iqtisodiy va moliyaviy oqibatlarini muhokama qiladi. Asosiy e’tibor 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishdan keyin Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarning amalga oshirilishi va ta’siriga qaratiladi.

Kengash sanksiyalarning Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga qanday ta’sir qilishini muhokama qiladi. «Albatta, qancha ko‘p sanksiyalar qo‘llasak, shuncha ko‘p ta’sir yuz berishini ko‘ramiz», — dedi Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari bu masalada birdamlikni saqlab qolishda davom etishlari kerak.

Yevropa Ittifoqi 24 fevral kuni Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlar bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini e’lon qildi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 9 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida u rossiyalik siyosatchilar, harbiylar va targ‘ibotchilarga qarshi qaratilishini aytdi. Bundan tashqari, yangi embargolar joriy etiladi, buning natijasida Rossiya budjeti yana 10 milliard yevro yo‘qotadi, dedi u.

Mavzuga oid