O‘zbekiston | 21:28 / 15.02.2023
28167
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi rahbar tayinlandi. 

Abdirimov Zafar Otanazarovich - Hazorasp tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat yuritgan.  

Abdirimov Zafar
Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Avvalroq, Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Rustamovich Masharipov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 

Jumaniyozov Ruslan Rustamovich - Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Urganch tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan. 

Jumaniyozov Ruslan
Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Avvalroq, Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qo‘chqorovich Qurbonov salomatligi tufayli, o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan edi. 

Mavzuga oid