Xotinini farzandlari ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi
24 avgust kuni Quyi Chirchiq tumanida xotinini avvaliga bog‘chada bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklagan, ertasiga esa ota uyida pichoqlab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda erkak rashk sababli xotinini xususiy uy bog‘chasida, bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib urgani aks etgan videolavha tarqalgandi. U oradan bir kun o‘tib otasinikida yashayotgan ayolini farzandlari ko‘z o‘ngida vahshiylarcha o‘ldirgandi.
Erkakka sud hukmi o‘qildi. Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi qotillikka rashk sabab bo‘lganini, tunda kelib gaplashib o‘tirishganda ayolning qo‘lida pichoq bo‘lganini aytgan. Erkak pichoqni tortib olishga urinayotganda ayolning bo‘yniga bexosdan kirib ketishi uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudining hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining «j» bandi hamda 164-moddaning 1-qismi (bosqinchilik) bilan aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Marhumaning otasi sud hukmidan noroziligini ta’kidlagan va sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi berishni so‘ragan.
Marhuma tumandagi oilaviy tibbiyot muassasasida hamshira bo‘lib ishlagan. Hamkasblari uning yaxshi xulq-atvori bilan e’tibor qozonganini ma’lum qilishgan edi.
O‘ldirilgan 24 yoshli ayolning yaqinlari profilaktika inspektorini beparvolikda ayblashgan va inspektor ishdan olinib, tuman IIB rahbariyatiga hayfsan berilgandi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024