Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi
16 fevralga o‘tar kechasi butun Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli havo trevogasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV. Ba’zi hududlarda, xususan, Poltava viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayapti.
Foto: John Moore / Getty Images
Ayni paytda, Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy o‘qqa tutilish xavfi haqida ma’lum qildi va mintaqa aholisini boshpanalarda qolishga chaqirdi. Kremenchuk shahri meri Vitaliy Maletskiy ham portlashlar va raketa xavfi ortgani haqida xabar berdi.
Shu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalari fuqarolarni ogohlantirish bo‘yicha rasmiy manbaga tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:40 da Kiyev shahri, Kiyev, Sumi, Poltava, Xarkiv, Cherkassk, Kirovograd, Mikolayiv, Odessa, Dnipropetrovsk viloyatlari, shuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Xerson, Zaporijjya viloyatlari, «DXR» va «LXR» hududlarida trevoga e’lon qilingan.
Mahalliy vaqt bilan soat 03:00 ga kelib trevoga butun Ukraina hududiga tarqaldi.
Mavzuga oid
12:24
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
11:55
Ukraina Germaniyada jangovar dronlar ishlab chiqarishni boshlayapti
11:42
Germaniya Kiyev bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
10:54