Jahon | 11:50 / 17.02.2023
4536
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Yevropa Kengashi nizomi amal qilishi to‘xtatildi

Yevropa Kengashidan chiqqanidan keyin Rossiya 21 ta hujjatni denonsatsiya qilmoqda, jumladan, inson huquqlarini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Yevropa konvensiyalarini.

Foto: tellerreport.com

Rossiya Davlat dumasi bir ovozdan Yevropa Kengashi Nizomi va tashkilot bilan Rossiyaga nisbatan boshqa 21 xalqaro shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar beradi payshanba kuni parlament quyi palatasi sayti.

Deputatlar tomonidan qabul qilingan «Yevropa Kengashining Rossiyaga nisbatan xalqaro shartnomalarini bekor qilish to‘g‘risida»gi qonun Yevropa Kengashining 1949 yil 5 maydagi Nizomi, 1950 yil 4 noyabrdagi inson huquqlari va asosiy erkinliklari haqidagi hujjat, 1977 yil 27 yanvardagi Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi, 1985 yil 15 oktyabrdagi Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish xartiyasi va 1996 yil 3 maydagi Ijtimoiy xartiyaga tegishli.

Qonun loyihasi Davlat dumasiga yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan kiritilgan edi. Hujjatda ta’kidlanganidek, Rossiya ushbu tashkilotdagi a’zolikni tugatganligi munosabati bilan shartnomalardan chiqadi va Yevropa Kengashi Nizomidan voz kechadi.

Rossiya 1996 yildan beri Yevropa Kengashining a’zosi. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlaridan so‘ng, Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi Rossiyaning Kengash organlaridagi vakolatini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mart oyida Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi Rossiyani tashkilotdan chiqarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi va Rossiya Yevropa Kengashi bosh kotibini tashkilotdan chiqish niyati to‘g‘risida rasman xabardor etdi hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyani denonsatsiya qildi. 

2022 yil oktyabr oyida Yevropa Kengashi parlament assambleyasi Rossiyadagi siyosiy rejimni «terroristik» deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid