O‘zbekiston | 13:58 / 18.02.2023
5079
2 daqiqa o‘qiladi

Berlinda O‘zbekiston arxeologik xazinalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Germaniyaning lifepr.de yangiliklar portalida «O‘zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar davrigacha» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda joriy yilning 4 mayidan 5 noyabriga qadar Berlinda «O‘zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar davrigacha» nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. «Tadbir Berlin davlat muzeylari tomonidan O‘zbekiston San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilmoqda», deb yozadi manba.

Maqolada ta’kidlanishicha, ko‘rgazmada Aleksandr Makedonskiy yurishlari – ularning Makedoniyadan tortib O‘zbekiston Janubi-Sharqidagi istehkomlardan topilgan so‘nggi arxeologik topilmalargacha e’tibor qaratilgan.

Ko‘rgazmaning ochilish qismida Berlin davlat muzeylarining turli kolleksiyalari saqlanayotgan Aleksandr Makedonskiy davriga oid turli buyumlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma Prussiya madaniy merosi Vasiylik kengashi tomonidan moliyalashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid