Jahon | 10:41 / 21.02.2023
8990
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Belarus bilan chegarada yuk mashinalari harakatini chekladi

Polshaning Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalarining o‘tishini cheklash to‘g‘risidagi qarori Minsk ba’zi polshalik diplomatlar Belarusdan chiqarib yuborilganini e’lon qilganidan so‘ng qabul qilindi.

Foto: Dreamstime

Polsha 21 fevraldan boshlab Belarus bilan chegaradagi yuk mashinalarini qabul qiluvchi yagona punkt bo‘lmish Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida harakatlanishni cheklashini ma’lum qildi, deya xabar berdi Belarus Davlat chegara qo‘mitasi 20 fevral, dushanba kuni.

«Polsha chegara xizmati Belarus tomoniga 21 fevral kuni soat 21:00 dan boshlab Polshaning Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalarining harakati cheklanishi haqida ma’lum qildi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalari bundan mustasno», deyiladi xabarda.

«21 fevral kuni soat 21:00 dan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlar va mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tmagan yuk mashinalari Polsha-Belarus chegarasidan o‘ta olmaydi. Yo‘lovchi transport vositalari uchun faqat Terespol (Belarus tomonida - Brest) nazorat-o‘tkazish punkti qoldi», - deya qo‘shimcha qildi Belarus Davlat chegara qo‘mitasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid