Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ommaviy janjal uyushtirgan 28 kishi qamaldi
20 fevral kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida 38 nafar shaxs – qurilish obektida ishlayotgan ishchilar ommaviy janjal uyushtirdi. Sud ularning 2 nafariga 15 sutka, 26 nafariga 10 sutka berdi. Janjalda qatnashgan yana 10 kishiga nisbatan surishtiruv davom etyapti.
20 fevral kuni Toshkent shahrida 38 nafar shaxs o‘rtasida janjal yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar insonning o‘zaro tortishuvi ommaviy janjalga aylanib ketgan. Huquqbuzarlar Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan kelib, qurilish obektida ishlayotgan shaxslar bo‘lgan.
21 fevral kuni ularning 28 nafariga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Janjal ishtirokchilarining qolganlariga nisbatan bezorilik holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 28 nafar huquqbuzar Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasi Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino oldida ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan.
Sudda huquqbuzarlar o‘z ayblariga iqror bo‘lib, qilmishlaridan pushaymonligini bildirishgan.
Mavzuga oid
10:13
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026