Jahon | 08:17 / 23.02.2023
16399
1 daqiqa o‘qiladi

Putin yadroviy triada mustahkamlanishini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva yadroviy arsenalini faol rivojlantirishda davom etishini aytdi. 

Foto: Getty Images

«Biz yadroviy triadani mustahkamlashga e’tiborni kuchaytiramiz», dedi u Rossiyada 23 fevralda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qilgan murojaatida. Tabrik matni va videosi Kreml saytida e’lon qilingan. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, «Imperator Aleksandr uchinchi» atom suvosti kemasi kreyseri Rossiya harbiy-dengiz floti uchun foydalanishga topshirilgandan so‘ng «dengiz kuchlarining strategik yadroviy kuchlarida zamonaviy qurollarning ulushi 100 foizga yetadi».

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21 fevral kuni Federal Majlis oldidagi nutqida u Rossiyaning Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi (SHQ) ishtirokini to‘xtatganini e’lon qildi, shuningdek, G‘arbni urush boshlashda aybladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid