Jahon | 12:19 / 23.02.2023
27676
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 4,5 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda bir kun ichida beshinchi zilzila yuz berdi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:50 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 37,74 gradus shimoliy kenglik; 73,82 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 556 km janubi-sharqda.

Bundan oldin Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezilgandi.

Tojikistonda 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:37 da sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning vodiy viloyatlarida 4 ballgacha, qolgan viloyatlarda 3 ballgacha sezildi. Tojikistonda 4,5 va 4,2 magnitudali yana 4 ta aftershok qayd etildi.

Mavzuga oid