Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shtaynmayyer: Putin Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqishi kerak
Germaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya o‘zining jinoiy urushida g‘alaba bo‘lishi mumkin emasligini tushunishi kerak».
Germaniya boshqa Yevropa davlatlari bilan solishtirganda Kiyevga eng katta yordam beryapti. Bu haqda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer ma’lum qildi. U 24 fevral, juma kuni Belvyu prezidentlik saroyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bir yilligiga bag‘ishlangan nutq so‘zladi.
«Siz Germaniyaga ishonishingiz mumkin», dedi Shtaynmayyer. «Barcha bahsli va ba’zan noxush munozaralarga qaramay, biz Ukrainaning Yevropadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolamiz, deb ishonaman», deya qo‘shimcha qildi u.
Germaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta Yevropaning markazida yana agressiv kampaniya avj olmoqda. «Rossiya Ukrainaning mavjud bo‘lish huquqini rad etyapti, u Ukrainani mustaqil davlat sifatida yo‘q qilishni xohlaydi», dedi siyosatchi.
Frank-Valter Shtaynmayyer Rossiya yetakchisi Vladimir Putin uchun chegaralar daxlsizligi, mamlakat suvereniteti va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, inson qadr-qimmati va tinchligi, me’yor va qonunlarga rioya qilish hech narsani anglatmasligini ta’kidladi. «Yevropada birga yashashimiz asosiga qurilgan hamma narsa uning uchun muhim emas», dedi u va Rossiyaning bosqinchilik urushi Yevropa xavfsizligi tartibini vayronaga aylantirganini qo‘shimcha qildi. «Bu dunyo ikki jahon urushidan olgan barcha saboqlarga hujumdir», deb xulosa qildi Germaniya prezidenti.
Shu bilan birga, u urushni cho‘zayotgan G‘arbning harbiy yordami emas, balki «tinchlikdan voz kechayotgan» Rossiya ekanligini ta’kidladi. Shtaynmayyerning ishonch bildirishicha, «Putin urushni to‘xtatishga jiddiy qarasa, Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishi kerak». «Rossiya o‘zining jinoiy urushida g‘alaba bo‘lishi mumkin emasligini tushunishi kerak», - dedi u. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, «kim o‘ldirishga, Ukrainani bombardimon qilishga, shaharlarni vayron qilishga va bolalarni o‘g‘irlashga yo‘l qo‘ysa, askarlari kundan kunga bema’ni qon to‘kayotgan bo‘lsa, u tarixda hech qachon g‘olib bo‘lmaydi, u allaqachon mag‘lub bo‘lgan!»
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
15:57 / 07.07.2025
Germaniya prezidenti: Litvani o‘z erkinligini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlaymiz
12:02 / 24.02.2025