Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Litvani öz erkinligini himoya qilişda qöllab-quvvatlaşiga işontirdi. «Litvaga nemis brigadasini joylaştiriş orqali biz ortga qaytmaydigan va’da beramiz: sizning xavfsizligingiz bizning xavfsizligimizdir», dedi Ştaynmayyer 6 iyul, yakşanba kuni Vilnyusda.
«Bu brigada özaro mas’uliyat va alyansga sodiqlikni ifodalaydi. Çunki biz bilamizki, kim Litvani himoya qilsa, u Yevropa va Yevropa qadriyatlarini himoya qiladi», — dedi prezident. Nemis zirhli tank brigadasi 2027 yilda Litvada joylaştiriladi. 2027 yil oxirigaça bu yerda 5000 ga yaqin Bundesver askari doimiy joylaştirilib, NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaydi, potensial tajovuzkorga qarşi jangovar harakatlarga töliq tayyor böladi.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda germaniyalik hamkasbini Davlatçilik kuni bayramiga faxriy mehmon sifatida taklif qildi. Bu taklif Berlinda yuqori baholandi.
Vilnyusda bayram munosabati bilan ötkazilgan harbiy marosimda sözga çiqqan Nauseda nemis brigadasini «Yevropa birdamligi va mas’uliyatining kuçli belgisi» deb atadi. Nauseda prezident Ştaynmayyer bilan mudofaa sohasida Litva-Germaniya hamkorligi, Ukrainani qöllab-quvvatlaş, Rossiyaga bosim va harbiy harakatçanlikka strategik sarmoya kiritiş masalalarini muhokama qilganini ta’kidladi. «Germaniya Yevropada xavfsizlik, barqarorlik va tinçlik kafolati böyiça asosiy ittifoqçi bölib qolmoqda», — deb yozdi Litva rahbari X ijtimoiy tarmoğida.











