Jahon | 07:54 / 25.02.2023
9058
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga 10 milliard dollarlik budjet yordami ajratadi

AQSh Ukrainaga budjet yordami va mamlakat energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash sifatida 10 milliard dollar ajratadi, deyiladi Davlat departamenti saytida. 

Foto: AFP

Mablag‘ning katta qismi (9,9 milliard dollar) Jahon banki mexanizmidan kelib tushadi hamda «sog‘liqni saqlash, ta’lim va favqulodda vaziyatlar xizmatlari» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi

Yana 250 million dollar Ukraina energetika tizimiga yo‘naltiriladi. 

«Ushbu mablag‘lar Ukraina bo‘ylab maktablar, shifoxonalar uchun generatorlar, uylar va boshpanalarni isitishni ta’minlashga yordam beradi», — deyiladi bayonotda.

AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. 

Unga, xususan, Himars yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, lazer bilan boshqariladigan raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, dronlarning bir nechta turlari, shu jumladan modernizatsiya qilingan Switchblade 600 kamikadze dronlari, Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi jangovar qurollar, elektron urushlarni aniqlash uchun uskunalar , artilleriya o‘q-dorilari, shuningdek, minalarni tozalash uchun uskunalar kiradi. 

Pentagon birinchi marta Ukraina oladigan o‘q-dorilar miqdori haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid