Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda so‘nggi 5 yilda bola o‘g‘irlash holati sodir bo‘lmadi - IIBB
Voyaga yetmagan 231 nafar bola bedarak yo‘qolgan, ammo keyinchalik topilgan.
Toshkent shahrida so‘nggi 5 yilda bola o‘g‘irlash bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. Internetda bola o‘g‘irlanishi holatlari haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot multimedia markazi boshlig‘i Nilufar Isaxonova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda poytaxtda bola o‘g‘irlangani haqida 6 ta xabar tarqalgan. Ammo ular o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri hududida so‘nggi 5 yil davomida bola o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.
«Voyaga yetmaganlar orasida bedarak yo‘qolgan holatlar bo‘ldi, lekin ular topildi va sog‘-salomat holda oilasiga qaytarildi. Bunday holatlarning asosiy sababi — oiladagi nizo va kelishmovchilik. Shu sababli bolalar uyidan chiqib ketgan. Kichik yoshdagi bolalar adashib qolgani tufayli bedarak yo‘qolgan deb ro‘yxatga olingan», dedi Isaxonova.
2022 yil davomida 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan. Ulardan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar 32 nafar, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 32 nafar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 167 nafar.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
16:28 / 13.06.2026