Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: «Qrimni qaytarish orqali tinchlikni tiklaymiz»
Qrimning Ukrainaga qaytarilishi tinchlikni tiklash imkonini beradi. Bunday fikrni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Twitter'da bildirdi.
Foto: president.gov.ua
«To‘qqiz yil avval Qrimda Rossiya tajovuzi boshlandi. Qrimni qaytarish orqali biz tinchlikni tiklaymiz. Bu bizning yerimiz. Bizning xalqimiz. Bizning tarix. Biz Ukrainaning har bir burchagiga Ukraina bayrog‘ini qaytaramiz», deb yozdi u ingliz tilida.
Volodimir Zelenskiy qrim tatarlari tilida quyidagi so‘zlarni qo‘shimcha qilgan: «Qırım serbest olacaq! («Qrim ozod bo‘ladi!»).
26 fevral kuni Ukrainada Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishiga qarshilik kuni nishonlanadi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlaganining bir yilligi munosabati bilan Twitter’da post qoldirgandi.
«24 fevral kuni millionlab odamlarimiz tanlov qildi. Oq bayroq emas, ko‘k-sariq bayroq tanlandi. Qochish emas, qarama-qarshilik tanlandi. Qarshilik va kurash tanlandi», - deb yozdi Volodimir Zelenskiy.
«Bu - og‘riq, qayg‘u, e’tiqod va birdamlik yili bo‘ldi. Bu yil biz yengilmas bo‘lib qoldik», - dedi Zelenskiy Rossiya Federatsiyasiga qarshi urush boshlanganidan beri o‘tgan 12 oyni sarhisob qilib.
«Biz bilamizki, 2023 yil bizning g‘alabamiz yili bo‘ladi!» - deya Ukraina rahbari ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
14:01 / 17.12.2025
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
12:08 / 17.12.2025
Berlin va London Kiyevga havo mudofaasini kuchaytirishda yordam va’da qildi
17:55 / 16.12.2025
Ukrainada sulh va saylov ehtimoli ortmoqda - siyosatshunoslar
14:44 / 16.12.2025