Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yilgacha beriladi
Joriy yilning 27 fevral kuni Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar tomonidan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Mehnat va Oila kodekslariga, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, qonun loyihasi orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash, chet el fuqarosi O‘zbekiston hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun sudlangan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unga nisbatan O‘zbekistondan chiqarib yuborish va O‘zbekistonga kirish huquqini cheklash bo‘yicha ma’muriy choralarini qo‘llamaslik, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilyapti.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qonunning qabul qilinishi xotin-qizlar va bolalar huquqlari, ularning erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlanib, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026