Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi Pulkovo aeroporti «noma’lum obekt» tufayli yopildi
Sankt-Peterburg uzra havo hududi parvozlar uchun yopildi, shaharning Pulkovo aeroporti vaqtincha samolyotlarni qabul qilmayapti va jo‘natmayapti. Buni shahar hokimiyati ham tasdiqladi.
Foto: Picture Alliance
Baza va 112 Telegram-kanallari Sankt-Peterburg osmoniga harbiy samolyotlar ko‘tarilgani va shahar hududida «Kover» signali ishlayotgani haqida xabar berishdi. Bu signal shahar havo hududida noma’lum samolyotlar va boshqa obektlar paydo bo‘lganda foydalaniladi.
Rossiyaning bir qancha hududlarida televideniye va radioeshittirishlar raketa hujumi tahdidi haqidagi xabar bilan to‘xtatildi: «Diqqat, diqqat, havo hujumi e’lon qilindi! Hamma boshpana tomonga yo‘l olsin. Diqqat, diqqat, raketa tahdidi!»
Meduza internet portaliga ko‘ra, bu «Subbota», 2×2 va TNT4 telekanallari, shuningdek, Moskva, Moskva viloyati, Voronej, Belgorod va Leningrad viloyatidagi bir qator radiostansiyalar ishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, ogohlantirish radiostansiyalar va telekanallar serverlariga buzib kirish natijasida ommaga e’lon qilingan. «Bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!» - deb ta’kidladi idora.
Mavzuga oid
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
19:21 / 10.11.2025