1 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Saidov Toshkentda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/9/J4hz-xHTzvDZ1uqikV4kDJGDhbdJRqrA.jpg)
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, asosiy qismi yopiq eshiklar ostida o‘tgan uchrashuvda biznes almashinuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga kelishilgan.
«AQSh hukumati tomonidan O‘zbekiston prezidentining islohotlar dasturi muntazam va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaymiz», - deb yozgan Baxtiyor Saidov.
28 fevral kuni Ostona shahrida O‘zbekiston TIV rahbari AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idorasi rahbarlari ishtirokida C5+1 shaklidagi uchrashuvda qatnashgan edi.