O‘zbekiston | 17:54 / 01.03.2023
4514
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Boku shahrida davlatimiz rahbari Qo‘shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Shuningdek, Ozarboyjon prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi, unda yetakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid