Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «ko‘ngillilarni obro‘sizlantirish» holatlari sud qilinadi
Tuzatishlar qabul qilingandan keyin Ukrainadagi urushning har qanday ishtirokchisini «obro‘sizlantirish» uchun 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Qonun «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Rossiya Davlat Dumasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining barcha ishtirokchilarini, shu jumladan, «ko‘ngilli tuzilmalar» jangchilarini «obro‘sizlantirish» uchun jinoiy jazolarni nazarda tutuvchi bir qator qonun loyihalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda 1 mart, chorshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. U «yolg‘on ma’lumot» va nafaqat Rossiya armiyasini, balki «Rossiya Qurolli Kuchlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga yordam beradigan» ko‘ngilli tuzilmalar, tashkilotlar va shaxslarni «obro‘sizlantiruvchi» har qanday ma’lumot tarqatishni «yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat» deb atadi.
Rossiya Jinoyat kodeksining ikkita moddasiga «ko‘ngillilarni obro‘sizlantirish» normasi qo‘shilishi rejalashtirilmoqda. Birinchi modda (207.3) – «Mamlakat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida Qurolli Kuchlardan foydalanilganligi to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotni ommaviy ravishda tarqatish» – 15 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosini nazarda tutadi. Ikkinchi (280.3.) - «Qurolli Kuchlarni obro‘sizlantirishga qaratilgan ommaviy harakatlar, shuningdek, Rossiyaning davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlarini ma’lum maqsadlarda mamlakat hududidan tashqarida amalga oshirishni obro‘sizlantirish» - 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Bundan tashqari, har ikki moddaning 1-qismi bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, Jinoyat kodeksining 280.3-moddasi 1-qismida uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p jazosi, xuddi shu muddatga muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish bilan belgilanadi. Tuzatishlar bu muddatni besh yilga oshirishni taklif qilmoqda, deb yozadi RBK. Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 1-qismida eng yuqori jazo – uch yilgacha bo‘lgan muddatga majburiy mehnat yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini besh yillik muddatga almashtirish taklif qilinmoqda.
Avvalroq Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi «ko‘ngillilarni obro‘sizlantirish» bo‘yicha tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilgan edi. Davlat Dumasi raisi ta’kidlaganidek, taklif qilingan tuzatishlar bo‘yicha ikkinchi o‘qish 2 mart, payshanba kuni, uchinchi, yakuniy o‘qish - 14 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025